Jahon adabiyotshunosligi tarixida Yevropa mamlakatlari adabiyoti o’ziga xos muhim ahamiyatkasb etadi. Xususan, ingliz adabiyotida uyg’onish, ma’rifatparvarlik, romantizim, tanqidiy realism muhim ahamiyatga egadir. Har bir davrda adabiyotning yangi yo’nalishlari shakllanib asrdan asrga ko’chib takomillashib borgishi tabiiy xususiyatdir. Ingliz adabiyotida XIX asr qirolicha Viktoriya nomi bilan viktorian davr deb atalishi ko’plab ilmiy adabiyotlarda keltirilgan. Qirolicha Viktoriya (1837-1901) yoxud viktorian davr kashfiyotlar va ilm-fan yutuqlari aks etgan asr hisoblanadi. Ilm fan taraqiyotida inson tafakkuri ham rivojlanganligini davrning yetuk yozuvchilari uyg’unlikda ko’rsatib berishga urinishdi. Viktorian davrda ijtimoiy jarayonlar kesimida feminimning ik bosqichi sodir bo’di. Ayollarning ilg’orligi jamiyatda kuzatila boshladi. Makur davrda ijod qilgan opa-singil Brontelar, Eliabeth Gaskell, Margaret Olifant va Jorj Eliotlar o’z ijodlarida feminism hamda ayol muammosiga keng e’tibor qaratishdi. Natijada gender diskursi va adabiyotda ikki xil yondashuv kuzatildi.